Oʻzbekiston yangi «Afrosiyob» poyezdi sotib oldi
Maʼlumki, joriy yil iyul oyining boshlarida yangi, yuqori tezlikdagi harakat tarkiblari (2 ta lokomotiv va 11 ta vagon, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon) yuk kemasiga ortilgan boʻlib, dastlab 4000 km masofani kemada Ispaniyaning Bilbao shahridan Rossiya Federatsiyaning Sankt-Peterburg shahrigacha yetkazilgan.
Joriy yil 20-iyul kuni «Afrosiyob» poyezdi Sankt-Peterburg shahridan 4200 km masofani Rossiya Federatsiyasi va Qozogʻiston orqali bosib oʻtib Oʻzbekistonga yetib keldi.
Eslatib oʻtamiz, bundan 10 yil ilgari, aniqrogʻi 2011-yilda yurtimizga birinchi yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» zamonaviy poyezdi olib kelingan edi.
Shuningdek, yurtimiz Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Toshkent metropoliteni uchun yangi metro poyezdlarning kelishi ham kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring