Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida OAV va kommunikatsiya sohalarida yaqin hamkorlik olib boriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning taklifiga binoan 6-iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻldi. Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari mamlakatlar oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida bir qator muhim hujjatlarni imzoladi.
Jumladan, tashrifi doirasida Turkiya Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Fahrettin Altun va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ikki davlat oʻrtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiluvchi ahdlashuv bayonnomasini imzoladi.
Turkiya Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiyalar boshqarmasi va Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi oʻrtasida imzolangan “Ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi ahdlashuv bayonnomasi bilan ikki davlat oʻrtasida ommaviy axborot vositalari va aloqa sohalarida doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash va yaqin hamkorlikni oshirish koʻzda tutilgan.
Shunga koʻra, ikki davlat oʻz hududlarida amaldagi qonun-qoidalar, nizomlar va milliy siyosatlarga muvofiq, kommunikatsiya, xalq diplomatiyasi hamda ommaviy axborot vositalari, shuningdek, teleradioeshittirish sohalaridagi manfaatlilik va oʻzaro foyda asosida ikki qardosh mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ragʻbatlantirish va rivojlantirishga intiladi.
Bayonnoma bilan ikki davlat oʻrtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikatsiya sohasida axborot, tajriba va ilgʻor malakalar almashish, oʻzaro foydali va manfaatli tashabbuslar va loyihalar boʻyicha hamkorlikka erishiladi. Bundan tashqari, qoʻshma yigʻilishlar, seminarlar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar va konferensiyalar tashkil etilib, ommaviy axborot vositalari, aloqa va teleradioeshittirish sohalarida rasmiy shaxslar hamda ekspertlar oʻrtasida tashriflar almashinuvi ragʻbatlantiriladi. Mazkur hujjat 5 yil davomida amal qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring