Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida qariyb 27 million dollarlik hujjatlar imzolandi

10:15 17 Avgust 2022 Siyosat
664 0

Foto: “Xovar” axborot agentligi

Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida Surxondaryo va Xatlon viloyatlari hokimliklari va tadbirkorlari oʻrtasida 23 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar bermoqda.

Hujjatlarning imzolanishi tegishli forumda boʻlib oʻtdi. Bitimlar qatorida turizm sohasida hamkorlik boʻyicha yoʻl xaritasi va anglashuv memorandumi ham bor.

Shuningdek, 26,6 million dollarlik mahsulot yetkazib berish boʻyicha 15 ta investitsiya shartnomasi va oltita shartnoma imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер