Oʻzbekiston va Rossiya OTMlari hamkorligi kengaymoqda

Namangan davlat universitetida Oʻzbekiston va Rossiya oliy taʼlim muassasalari rektorlarining hududlararo konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi boshqarma rahbari Igor Maslov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Konstantin Mogilevskiy va boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi.
Anjumanda har ikki ikki mamlakat oliygohlari tajribalari taqdim etildi. Yangi qoʻshma tashabbuslar yuzasidan muzokaralar doirasida “B2B” formatdagi uchrashuvlar tashkil etilib, keng koʻlamli loyihalar, ilmiy tadqiqotlar, akademik mobillik masalalari batafsil koʻrib chiqildi. Mehmonlar Namangan davlat universitetining ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Yaratilgan innovatsion muhit, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi delegatsiya aʼzolari tomonidan yuqori baholandi. Shuningdek, qoʻshma taʼlim dasturlarini yaratish, ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik qilish, innovatsion loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan bir qator memorandumlar imzolandi.
— Oʻzbekiston va Rossiya OTMlari hamkorligi kengayib borayotganidan mamnunmiz, — deydi A.I. Gersen nomidagi RGPU rektori Sergey Tarasov. — Ishonamanki, mustahkam gumanitar aloqalar ochiqlik va umumiy taraqqiyotga intilish orqali quriladi. Bu borada aynan, pedagogik taʼlim muloqotning ishonchli asosi hisoblanadi.
\
— Ushbu tadbir akademik jamoalar oʻrtasidagi muloqot uchun juda muhim, — deydi Qozon federal universiteti Jizzax filiali direktori Almaz Galimov. — Tadbirda oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi konstruktiv aloqalarni rivojlantirish boʻyicha fikr almashdik. Bunday uchrashuvlar yagona taʼlim maydonini shakllantirishda muhim oʻrin tutadi.
Konferensiya yakunida oʻtkazilgan matbuot anjumanida delegatsiyalar rahbarlari, universitet rektorlari va soha vakillari jurnalistlarning savollariga batafsil javob berishdi.
Muxiddin MAGʻZUMOV,
jurnalist.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring