Oʻzbekiston va Ozarbayjon parlamentlari doʻstlik guruhlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30-yilligi munosabati bilan ikki mamlakat parlamentlari doʻstlik guruhlari aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlanganidek, ikki davlat rahbarlarining izchil saʼy-harakatlari natijasida Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlik strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga koʻtarilib, barcha yoʻnalishlarda izchil rivojlanib bormoqda.
Uchrashuvda parlamentlararo muloqot ham izchil rivojlanayotgani qayd etildi. Parlament nazorati sohasida tajriba almashish, hududiy vakillik organlari bilan faol muloqotni yanada faollashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm, transport va hududlararo hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring