Oʻzbekiston va Xorvatiya oʻrtasida parlamentlararo hamkorlik kengaymoqda
Joriy yil 28-oktyabr kuni “Oʻzbekiston-Xorvatiya” va “Xorvatiya-Oʻzbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlari aʼzolarining onlayn shaklda uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuv chogʻida mamlakatimizning Xorvatiya bilan parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qishloq xoʻjaligi, turizm, taʼlim sohalaridan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qonun ijodkorligi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, xalqaro tashkilotlar doirasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirish, shuningdek, qoʻshma savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va IT-loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xorvatiya parlamenti vakillari yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik kabi yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish va qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring