Oʻzbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
 
                Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 16-oktabr kuni Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) mintaqaviy byurosi direktori Mixail Pushkin bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida mehnat munosabatlari tizimini takomillashtirish boʻyicha yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston XMT koʻmagi bilan BMT Bosh kotibining “Ish oʻrinlari yaratish va adolatli oʻtish uchun umumiy ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha global tezlatkich” tashabbusida birinchi mamlakat sifatida qayd etilgani alohida qayd etildi. Ayni paytda Oʻzbekistonda mazkur mexanizmning barcha elementlari amaliyotga joriy etilmoqda.
Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda qabul qilingan Oʻzbekistonda munosib mehnat boʻyicha 2021-2025-yillarga moʻljallangan dastur, mehnat sohasidagi hamda ishlab chiqarish va texnik yoʻnalishlardagi xalqaro standartlarni mamlakat iqtisodiyotiga keng tatbiq etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar muhim oʻrin tutmoqda.
Shuningdek, suhbat davomida munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnat sohasiga xalqaro standartlarni joriy etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va XMT oʻrtasida izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga, birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan maslahatlashuvlarni faollashtirishga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring