Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik faollashmoqda
Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari Hindistonning Andhra Pradesh shtatida joylashgan “SRM University“ oliy taʼlim muassasasining xalqaro aloqalar departamenti direktori Aditi Jain bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda hayotga tatbiq etilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan, taʼlim tizimini takomillashtirish, yoshlarga zamonaviy talablar darajasida bilim olish va oʻz salohiyatini amalga oshirish uchun yaratilayotgan sharoitlar, ushbu yoʻnalishdagi xalqaro hamkorlik samarasida erishilayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi.
Hindiston bilan mazkur yoʻnalishda yoʻlga qoʻyilgan sermahsul aloqalarga alohida toʻxtalib oʻtildi. “Amiti” va “Sharda” universitetlari hamda “Sambram” va “Acharya” institutlar guruhlarining Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan boʻlinmalari tajribasi haqida soʻzlab berildi.
Aditi Jain Oʻzbekistonda taʼlim sohasida joriy etilayotgan oʻzgarishlar va yangilanish jarayonini hindistonlik hamkorlar, jumladan, “SRM University“ vakillari katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini taʼkidladi. Mazkur universitet Oʻzbekiston oliy bilim yurtlari bilan axborot texnologiyalari yoʻnalishida kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni bajarishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Oʻzaro sheriklik startap loyihalar ishlab chiqish boʻyicha treninglar oʻtkazish, onlayn-darslar uyushtirish, oʻqituvchilar va talabalar almashish dasturlarini yoʻlga qoʻyish, mutaxassislar malakasini oshirish va boshqa yoʻnalishlarni qamrab olishi mumkinligi urgʻulandi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston oliy bilim yurtlari va “SRM University“ universiteti oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlarni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring