Oʻzbekiston va Gruziya sport sohasida hamkorlikni kuchaytiradi

Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov Gruziya sport vaziri Shalva Gogoladze bilan uchrashdi.
Dastlab, vazirlar bir-birini ikki davlat sportchilarining 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlarida erishilgan natijalar bilan tabrikladi. Shu bilan birga, sport vaziri mehmonni Oʻzbekistonda sohada olib borilayotgan islohotlar, yurtimizda mavjud va yangidan bunyod etilayotgan sport obyektlari hamda sportchilarning ham jismonan, ham ruhan puxta tayyorgarlik koʻrishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash, hamkorlikda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish hamda Gruziyada kurash sportini rivojlantirish orqali joriy yilning 9-15-aprel kunlari Batumida boʻlib oʻtadigan Yevropa chempionatiga puxta tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.
Rektorlar oʻzaro kuch sinashdi
Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Vazir kubogi” sport musobaqasi doirasida poytaxtimizdagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) sportning mini futbol, stol tennisi va shaxmat turlari boʻyicha kuch sinashishdi.
Musobaqa yakuniga koʻra gʻolib va sovrindorlarga diplom, medal va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Bu kabi musobaqalarning tashkil etilishi nafaqat rektorlar yoki professor-oʻqituvchilar, balki talaba-yoshlarni sport maydonlariga chorlagan holda ularning salomatliklarini tiklashlari barobarida yangi-yangi natijalar sari undaydi. Zero, davlatimiz rahbarining “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” gʻoyasi amalda umummilliy harakatga aylanib bormoqda.
Buyuk Britaniya terma jamoasi bilan qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻini oʻtkazilmoqda
Xabaringiz bor, shu kunlarda taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Toshkent shahridagi assosiatsiya bazasida Buyuk Britaniya termasi bilan hamkorlikda qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda.
“Universal” sport saroyida yigʻin doirasidagi sparring bellashuvlarining ikkinchi bosqichi tashkillashtirildi. Oʻrtoqlik bellashuvlari yakunida assosiatsiya tomonidan mehmon terma jamoa vakillariga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Maʼlumot uchun, qoʻshma yigʻin doirasidagi mashgʻulotlar 8-martga qadar davom etadi.
Umida ABDURASHIDOVA,
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring