Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Kanadani magʻlub etdi
Ispaniyada boʻlib oʻtayotgan U-17 terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro turnirda Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini oʻtkazdi.
6-sentyabr kuni Islom Ismoilov boshqaruvidagi yoshlarimiz Kanadaga qarshi maydonga tushdi. Dastlabki turda Angliyaga magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston termasi bu safar yaxshiroq oʻyin koʻrsatdi.
Bellashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlandi. “Paxtakor” yarimhimoyachisi Abdusamad Saidov va “Bunyodkor” hujumchisi Sadriddin Hasanov gol mualliflari boʻlishdi.
Musobaqa qoidalariga koʻra, durangdan soʻng penaltilar seriyasi oʻtkazildi va unda Ismoilov shogirdlari 6:5 hisobida zafar quchdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi musobaqadagi soʻnggi oʻyinini 9-sentyabr kuni Marokashga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring