Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼat asarlari jamlangan “Mohir ijodkorlarning ijodiy merosidan Oʻzbekiston tasviriy sanʼati” nomli katalog chop etildi
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Obidjonova maʼlum qildi.
Oʻtgan 2023-yilda “Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali”, “Toshkent-2023” II xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi hamda IV Toshkent xalqaro amaliy sanʼat biyennalesi oʻtkazildi.
“Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali” doirasida ilk bor Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti — TURKSOY tashkilotiga aʼzo mamlakatlar rassomlarining xalqaro “Turk dunyosi rassomlarining uchrashuvi” ijodiy koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, ilk bora Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Art Gallery” auksion uyi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Hisobot davrida Oʻzbekiston Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi saylov natijalariga koʻra 9 nafar haqiqiy aʼzolar tasdiqlandi.
Shu bilan birga Qozogʻistonning atoqli rassomi, “Qozogʻiston Respublikasi Badiiy akademiyasi” jamoat fondi prezidenti Amandos Akanayev Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining faxriy xorijiy aʼzosi etib tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring