Oʻzbekiston standartlar instituti qayta tashkil etiladi
Joriy yilning 16-fevral kuni Prezidentning “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–25-son Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirishning 2026-yil uchun asosiy maqsadli koʻrsatkichlari belgilandi. Jumladan, barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksida Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnini kamida 20 pogʻonaga koʻtariladi.
Shuningdek, xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi tomonidan eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari sonini 2,5 barobarga oshiriladi. Xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlari ulushini esa kamida 80 foizga yetkazish.
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyati toʻxtatilib, uning tarkibidagi muvofiqlikni baholash organlari tugatiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston standartlar instituti unga Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qoʻshib olish orqali qayta tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring