Oʻzbekiston–Saudiya Arabistoni: parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 27-oktyabr kuni Senatda “Oʻzbekiston-Saudiya” va “Saudiya- Oʻzbekiston” parlamentlararo hamkorlik guruhlarining qoʻshma majlisi onlayn shaklida oʻtkazildi.
Majlisda Oʻzbekiston hamda Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, energetika, AT, taʼlim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va qatʼiyati tufayli izchil rivojlanib bormoqda. Soʻnggi yillarda oʻtkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar va tashriflar strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqqani taʼkidlandi.
Suhbat chogʻida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirish, hamkorlik guruhlari faoliyatini faollashtirish, qonunchilik sohasida tajriba almashish va parlamentlararo hamkorlikni muntazam davom ettirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring