RASMIY BAYONOT: qariyb 92 mingga yaqin fuqaro karantin muddatini oʻtayapti, 8 bemorning ahvoli ogʻir
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:
– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1565 bemor roʻyxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 94 bemorning 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli ogʻir, 1 nafarining ahvoli oʻta ogʻir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 83 bemordan 2 nafarining ahvoli ogʻir. Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida davolanayotgan 194 bemordan 54 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 5 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanyapti.
Hurmatli yurtdoshlar!
Karantin tadbirlari davom etyapti. Qariyb 92 mingga yaqin fuqaromiz karantin muddatlarini oʻtayapti. Oxirgi bir kun davomida 11 ming 800 dan koʻproq holatda virusologik tekshirishlar oʻtkazildi. Bundan asosiy maqsad, kasallikka chalinganlarni erta aniqlash, kasallik oʻchogʻini jilovlashdir. Karantin tadbirlariga rioya qilishimiz shart. Qachonki, ushbu tartib-qoidalarga rioya etarkanmiz, vaziyatni barqarorlashtirishga koʻmaklashgan boʻlamiz. Bu hech birimizni yodimizdan chiqishi kerak emas. Keling, sogʻligʻimizga qaratilgan tadbirlarga toʻliq rioya qilib, karantin muddatini sabr-qanoat bilan oʻtkazaylik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring