Oʻzbekiston qariyb 1,5 mlrd dollarlik obligatsiyalarni jahon moliya bozoriga joylashtirdi
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy qiymati qariyb 1,5 milliard AQSH dollari ekvivalentidagi navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
London shahrida 18–20-fevral kunlari AQSH dollari, yevro va soʻmda chiqarilgan obligatsiyalar uchun buyurtmalar qabul qilingan.
Buyurtmalarning umumiy hajmi 4,2 milliard dollarni tashkil etdi. Ular quyidagicha taqsimlandi:
AQSH dollari (7-yilga) – 500 million, yillik 6,95% stavkada; Yevro (4-yilga) – 500 million yevro (525 million dollar), yillik 5,1% stavkada; Soʻm (3-yilga) – 6 trillion soʻm (463 million dollar), yillik 15,5% stavkada.
Obligatsiyalardan tushgan mablagʻlar 2025-yilgi davlat byudjeti taqchilligini qoplash, ipoteka dasturini moliyalashtirish va ijtimoiy obyektlarni qurish uchun yoʻnaltiriladi.
Yashil obligatsiyalar dasturi doirasida chiqarilgan yevro obligatsiyalari ekologik loyihalar, suv tejovchi texnologiyalar va sanitariya ishlarini moliyalashtirishga qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring