Oʻzbekiston Prezidenti Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi
Tatariston Respublikasiga tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qozon Kremli” tarixiy-meʼmoriy va badiiy muzey-qoʻriqxonasida boʻldi.
Davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi.
Qozondagi Kreml YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Qozonning eng qadimgi qismi boʻlib, shaharning koʻp asrlik tarixini oʻzida mujassam etgan meʼmoriy, tarixiy va arxeologik yodgorliklardan iborat.
Bu yerda Oʻzbekiston Prezidenti Qul Sharif masjidini kirib koʻrdi. Tatariston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, muftiy Kamil Samigullin oliy martabali mehmonga masjid tarixi haqida batafsil soʻzlab berdi. Duo oʻqildi.
Masjid 1996-2005-yillarda Qozon xonligi hududida XVI asrning ikkinchi yarmiga qadar mavjud boʻlgan juma masjidi oʻrnida bunyod etilgan va Imom Qul Sharif nomi bilan atalgan.
Davlatimiz rahbari Qozon va Tatariston mitropoliti Kirill hamrohligida Blagoveshensk soborini ham koʻzdan kechirdi. Qozon Kremli hududidagi obidalarning eng qadimgisi boʻlgan ushbu inshoot XVI asrda bunyod etilgan. Pskov meʼmorchilik anʼanalarining yorqin namunasidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring