Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida Ilhom Aliyev Oʻzbekiston yetakchisiga Maslahat uchrashuvida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari, oʻz navbatida, qardosh Ozarbayjon Prezidenti va xalqini joriy yil 8-oktyabr kuni nishonlangan Gʻalabaning besh yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Oʻzbekiston Prezidentining shu yil iyul oyida Ozarbayjonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Barcha darajalarda samarali almashinuvlar davom etmoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, energetika, turizm va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi boʻyicha qoʻshma loyihalar faol pallaga kirgan.
Yetakchilar boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring