O‘zbekiston Prezidenti Eron Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashdi.
Davlatimiz rahbari Eron zaminida O‘zbekiston delegasiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Do‘stona suhbatda tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratib, O‘zbekiston bilan Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlarni muhokama qildilar.
Ko‘p asrlar davomida xalqlarimizni madaniy-tarixiy mushtaraklik bog‘lab turgani alohida qayd etildi.
O‘zaro muloqotlar faollashib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, istiqbolli qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Savdo, innovasiyalar va yuqori texnologiyalar, investisiyalar, sanoat kooperasiyasi, transport va kommunikasiyalar, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar qilinayotgani ta’kidlandi.
Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv samimiy va ishonchli muhitda, konstruktiv muloqot ruhida o‘tdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring