“Oʻzbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Foto: UzPost
Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekiston pochtasi” xususiylashtirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, “Gazeta.uz” nashri bitimdan xabardor manbasiga tayanib, kompaniyadagi davlat ulushi Rossiyadagi onlayn-platformaga oʻtgani haqida maʼlumot berdi. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ushbu xabarlar ortidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.
Bildirilishicha, Jamiyat tomonidan infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistikani rivojlantirish, raqamli yechimlarni joriy etish, pochta tarmogʻini kengaytirish, shu jumladan qishloq va olis hududlarda pochta joʻnatmalari va posilkalarni qayta ishlash hamda yetkazib berish boʻyicha zamonaviy quvvatlarni yaratish uchun investitsiyalarni jalb etish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
“Kompaniya transformatsiyasini amalga oshirish va investitsiyalarni jalb etish uning faoliyatini uzoq muddat barqarorligini taʼminlash, yetkazib berish boʻyicha xususiy operatorlar rivojlanayotgan sharoitda raqobatbardoshlikni oshirish, zamonaviy xizmat koʻrsatishning sifat standartlarini joriy etish, shuningdek respublika aholisi uchun, jumladan uzoq va olis hududlarda universal pochta xizmatlarining mavjudligini taʼminlash imkonini beradi”, deyiladi bayonotda.
Taʼkidlanishicha, ushbu tadbirlar yangi ish oʻrinlari yaratilishiga, elektron tijorat va butun mamlakat hududida bu bilan bogʻliq xizmatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Bugungi kunda “Oʻzbekiston pochtasi” AJning aksiyadorlari sifatida davlat tashkilotlari – Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, shuningdek, davlat ishtirokidagi beshta korxonalar va 16 mingdan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etmoqda.
“Jamiyat faoliyatiga yirik investorni jalb etish bilan bogʻliq oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tegishli maʼlumot rasmiy tarzda oshkor qilinadi”, deyiladi UzPost axborotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring