Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Afrikaning qaysi mamlakatlari bilan oʻynagan?
Bugun, 14-noyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtayotgan “Al Ain Cup” turniri doirasida Misr terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shu vaqtga qadar Afrika qitʼasining 7 ta terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazgan. Misr “oq boʻrilar”ning Afrikadagi sakkizinchi raqibi hisoblanadi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi shu vaqtga qadar Afrika mintaqasining Nigeriya, Burkina-Faso, Marokash, Senegal, Uganda, Janubiy Sudan va Kamerun terma jamoalari bilan kuch sinashgan. Ushbu oʻyinlarda qayd etilgan natijalar:
- Oʻzbekiston 2:3 Nigeriya (1995, Toshkent)
- Nigeriya 1:0 Oʻzbekiston (1995, Lagos, Nigeriya)
- Oʻzbekiston 1:0 Burkina-Faso (2016, Toshkent)
- Senegal 1:1 Oʻzbekiston (2016, Kasablanka, Marokash)
- Marokash 2:0 Oʻzbekiston (2016, Kasablanka, Marokash)
- Oʻzbekiston 3:0 Janubiy Sudan (2022, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari)
- Oʻzbekiston 4:2 Uganda (2022, Namangan)
- Kamerun 0:2 Oʻzbekiston (2022, Goyang, Janubiy Koreya)
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Misr oʻyini Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring