O'zbekiston Mamlakat Platformasi 2024: 2030-yil Strategiyasini ilgari surishda ta'lim, kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish va kasb-hunar ta'limiga strategik e'tibor

Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Toshkent, 2024-yil 17-dekabr - O'zbekiston Mamlakat Platformasining to'rtinchi davra suhbatida O'zbekiston hukumati va xalqaro rivojlanish bo'yicha hamkorlarning 90 dan ortiq vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda ta'lim, kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish hamda kasb-hunar ta'limi sohalaridagi muhim islohotlar bo'yicha erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Ushbu islohotlar mehnat bozori ehtiyojlariga mos ishchi kuchini tayyorlash va "O'zbekiston-2030" strategiyasini ilgari surishda muhim ahamiyatga ega. Joriy yilning yakuniy davra suhbati sifatida ushbu tadbir 2024-yildagi tarmoqlararo yutuqlar va muammolarni sarhisob qilib, kelgusi hamkorlik yo'nalishlarini belgilab berdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Prezidentning 109-sonli Farmoni asosida tasdiqlangan "yo'l xaritasi" ijrosi bo'yicha natijalarni e'lon qildi va 2024-yilda amalga oshirilgan asosiy yutuqlarni taqdim etdi. Tadbirda 2025-yil uchun belgilangan strategik ustuvorliklar muhokama qilinib, mamlakatning barqaror rivojlanishiga qaratilgan qo'shma majburiyatlar qayta tasdiqlandi.
"O'zbekiston Mamlakat Platformasi bir nechta muhim vazifalarni bajaradi: u xalqaro moliyaviy institutlarning O'zbekistondagi faoliyatini muvofiqlashtiradi, takroriy harakatlarning oldini oladi va kelgusidagi faoliyatlarni muhokama qilish uchun platforma vazifasini o'taydi. Bugungi kunga kelib, bu platforma xorijiy yordam va O'zbekiston hukumati harakatlarini uyg'unlashtirishdagi eng muhim mexanizmga aylandi", — deya ta'kidladi Strategik islohotlar agentligi direktori Baxodir Rahmatov.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi soha bo'yicha amalga oshirilgan investitsiyalar va loyihalar bo'yicha yutuqlarni ta'kidlab, kuchaytirilgan xalqaro hamkorliklar innovatsiyalarni rivojlantirish va salohiyatni oshirishni rag'batlantirdi hamda hukumatning inklyuziv va teng imkoniyatli ta'limni rivojlantirish maqsadlarini qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Foto: Sirojiddin Vohidov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring