Oʻzbekiston madaniy merosiga bagʻishlangan 10 tomli yangi kitob-albom taqdimoti oʻtkazildi
Koʻhna Samarqand shahrida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressi doirasida “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” (51-60 jild) turkumidagi 10 ta yangi kitob-albomlar taqdimoti boʻlib oʻtdi. 60 jildga yetgan toʻplam ustida 350ga yaqin jahon olimlari mehnat qilgan.
Shuningdek, xalqaro kongress doirasida Mirzo Ulugʻbek buyurtmasi bilan yaratilgan noyob qoʻlyozma faksimilini namoyishi, “Xalqlarni birlashtiruvchi meros” mavzularida davra suhbatlari, ilmiy konferensiyalar boʻlib oʻtdi.
“ERIELL Group” kompaniyasi homiyligida oʻtkazilayotgan tadbirda dunyoning 35 dan ortiq davlatidan kelgan taniqli sharqshunos olimlarning Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari madaniy merosiga bagʻishlangan maʼruzalari tinglanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring