Oʻzbekiston kubogining yarim finaliga qurʼa tashlandi

Kecha, 27-avgust kuni Professional Futbol Ligasi tomonidan anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan Oʻzbekiston kubogi musobaqasining yarim final bahslariga qurʼa tashlandi.
Ushbu qurʼa natijasiga koʻra chorak finalda “Mashʼal”ni 3:1 hisobidagi magʻlub etgan “Paxtakor” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan yarim finalda toʻqnash keladigan boʻldi. Mazkur oʻyin Samarqand shahrida oʻtishi belgilandi.
Ikkinchi yarim finalda esa “Bunyodkor”ni safarda magʻlub etishni uddalagan “Buxoro” oʻz maydonida “Soʻgʻdiyona” klubini qabul qiladigan boʻldi.
Ushbu oʻyinlarning sanalari yaqin kunlarda maʼlum qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring