Oʻzbekiston-Xitoy: qamishdan DSP ishlab chiqariladi

Bugun “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi koʻmagida qamishdan DSP ishlab chiqarish loyihasi boʻyicha Xitoyning “Panjin Jijia” Co LTD kompaniyasi va “Toshkent Plast Polimer” MCHJ oʻrtasida investitsiya kelishuvi imzolandi. Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.
Shartnomadan yirik loyihani amalga oshirish uchun qulaylik va imkoniyatlar yaratish, hamkorlikda yangi turdagi qurilish materialini ishlab chiqarish va bir qancha tashkiliy masalalar oʻrin olgan.
Qamishdan DSP ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 45 mln. AQSH dollari boʻlib, eʼtiborlisi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilinadi. Shartnomaga koʻra, mazkur loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshiriladi. Buning uchun Moʻynoq tumani “Tikuzik” hududida 50 gektar yer ajratish koʻzda tutilgan. Yangi barpo etilishi kutilayotgan zavod yiliga qamishdan 200 000 metr kub ekologik toza, inson salomatligiga xavfsiz, sifatli DSP ishlab chiqaradi. Shuningdek, loyihada mazkur qamishdan tayyorlangan mahsulotdan zamonaviy mebellar tayyorlash ham rejalashtirilgan. Buning uchun zavod soʻnggi rusumdagi texnika va texnologiyalar bilan jihozlanadi. Eʼtiborlisi, korxona ishga tushirilgach bu yerda yuzlab yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring