Oʻzbekiston huquq ustuvorligi indeksida 140 davlat orasida 78-oʻrinni egalladi
Oʻzbekiston Huquq ustuvorligi indeksida Xitoy, Belarus, Qirgʻiziston, Rossiya, Turkiya va boshqa davlatlarni ortda qoldirib, 140 ta davlat orasida 78-oʻrinni egalladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati xabar berdi.
Huquq ustuvorligi indeksi har yili World Justice Project xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan tuziladi. Indeksni tuzishda dunyoning 140 ta davlatidan 150 mingdan ortiq uy xoʻjaligi va 4 mingga yaqin huquqshunos oʻrtasida soʻrov oʻtkazildi hamda qonuniylik darajasi baholandi.
Indeks 8 ta indikatorni, jumladan, hokimiyat vakolatlarining cheklanganligi, korrupsiyadan xolilik, davlat institutlari faoliyatining ochiqligi (shaffofligi), asosiy huquqlarni himoya qilish, tartib va xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish, fuqarolik va jinoiy odil sudlov kabilarni oʻz ichiga oladi.
Qayd qilinishicha, joriy yilda Oʻzbekistonning barcha 8 ta indikator boʻyicha koʻrsatkichlari yaxshilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring