Oʻzbekiston hududiga nisbatan salqin havo massalari kirib kelmoqda

15:07 29 Avgust 2025 Jamiyat
133 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

30-avgustdan boshlab Oʻzbekiston hududiga shimoli-gʻarbdan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, havo harorati asta-sekin pasayadi va 30-avgustda 31-36 daraja, 31-avgust—1-sentyabrda 28-33 darajani tashkil etadi. Kechasi va ertalab salqin havo sezilarli boʻladi, 1-sentyabrga kelib, harorat kechasi 13-16 darajagacha pasayadi. Shu kunlarda respublika boʻyicha bulutsiz va quruq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 30-31-avgust va 1-sentyabrda ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo bulutsiz boʻladi, sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Shamol tezligi 30-31-avgustda 10-14 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda bugun kunduzi harorat 37-39 daraja, shanba kuni 34-36 daraja, yakshanba va dushanba kunlari 30-32 daraja boʻladi. Harorat kechalari asta-sekin 13-15 darajagacha pasayadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?