Oʻzbekiston gender tenglikni taʼminlash boʻyicha muhim qadamlarni qoʻymoqda — Spiker
Parlament quyi palatasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda USAIDning Oʻzbekistonda huquqiy islohotlar dasturi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda qonun ijodkorligi sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda xotin-qizlar huquqlari va gender tengligi sohasidagi qonunchilik, unda parlament aʼzolarining ishtiroki qanday boʻlish kerakligi haqida ham soʻz yuritildi.
«Qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati parlamentning muhim yoʻnalishlaridan sanaladi. Ushbu jarayonda deputatlar faol ishlashi, tashabbus koʻrsatishi maqsadga muvofiq. Har bir qonunda inson manfaatlarining huquqiy kafolatlari aks etishi xalq vakillarining malaka va tajribasiga bogʻliq. Bugun qonunchiligimizda barcha hayotiy masalalar, xususan, gender tengligi va xotin-qizlar huquqlari taʼminlanmoqda. Xususan, oʻtgan davrda xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish, ularning siyosiy huquqlarini kafolatlash, opa-singillarimizni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. 2019-yilda «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng xuquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida»gi Qonun ana shulardan biridir. Unga muvofiq, davlat xotin-qizlar va erkaklarga shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni amalga oshirish chogʻida teng huquqlilikni kafolatlaydi. Xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sogʻliqni saqlash, taʼlim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida , shuningdek, davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar taʼminlanishini kafolatlaydi» dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov.
Xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi ishtirokini kuchaytirish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida har tomonlama ishtirok etishi hamda qaror qabul qilishda yetakchilik qilishi uchun teng imkoniyatlarni taʼminlash ustuvor vazifalardan boʻlib, bunga zarur shart-sharoit yaratish maqsadga muvofiq.
Shu nuqtayi nazardan ham, gender tenglik tamoyillarini boshqaruvning turli bosqichlarida davlat dasturlarini qabul qilish jarayoniga toʻla singdirish kabi chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotganini alohida qayd etish joiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring