Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 340 ming AQSH dollari miqdorida jazoga tortildi

OFK Tartib-intizom qoʻmitasi qaroriga koʻra, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 340 ming AQSH dollari miqdorida jazoga tortildi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi maʼlumotiga tayangan holda Jamoliddin Bobojonov xabar berdi.
Bunga sabab sifatida, OʻFA 10-iyun kuni “Bunyodkor” stadionida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston” – “Qatar” uchrashuvida bir qator qoidalarni buzgani koʻrsatilmoqda. Jumladan, oʻyin tugaganidan soʻng maydonga futbolchilar uchun mukofot sifatida ajratilgan BYD avtomobillari olib kirilgani qayd etilgan.
«Gap shundaki, OFK har bir oʻyin uchun mezbonlardan stadion hududida, maydon ichida va atrofida oʻz homiylari brendlaridan boshqa brendlar boʻlmasligini qatʼiy talab qiladi. Chunki, OFK Jahon chempionati saralash oʻyinlari uchun har bir mezbon jamoaga ancha katta mablagʻ toʻlaydi.
Agar OʻFA oʻsha kuni maydonga mashinalarni olib kirmasdan, futbolchilarga faqat kalitlarni topshirganida edi, 340 ming dollar yonida qolar edi.
Lekin xorijlik murabbiy uchun 4 million yevroning yarmining yarmini toʻlay oladigan tashkilot uchun bu pullar chikora», — deyiladi manba xabarida
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring