Zelenskiy: Gʻarb mamlakatlari Rossiya dronlariga qismlar yetkazib bermoqda
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gʻarb davlatlarini qattiq tanqid qilib, ular ishlab chiqarayotgan tarkibiy qismlar Rossiya dronlarida ishlatilayotganini maʼlum qildi.
Zelenskiyning aytishicha, 5-oktyabrga oʻtar kechasi boʻlib oʻtgan keng koʻlamli hujum paytida Rossiya Ukraina shaharlariga 100 mingdan ortiq xorijiy qismlardan tuzilgan 549 turdagi qurollar bilan zarba bergan.
Ukraina rahbari ayrim davlatlarni, jumladan AQSH, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniyani, sanksiyalarga qaramay, Rossiyaga tarkibiy qismlar yetkazib berishni toʻxtatmaganlikda aybladi. Uning soʻzlariga koʻra, dronlardagi mikrokontrollerlar Shveysariyada, parvozni boshqarish bloklari esa Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan.
Shuningdek, Zelenskiy Rossiya Ukraina infratuzilmasini yoʻq qilishda davom etayotgani va qishdan oldin energetika inshootlarini qasddan vayron qilayotganini taʼkidladi.
“Afsuski, dunyoda bu voqealarga munosib, qatʼiy va kuchli munosabat yoʻq. Shu bois Putin shunday yoʻl tutyapti — u Gʻarbning sukunati va qatʼiy harakatlar yoʻqligiga kulyapti”, — dedi Ukraina prezidenti.
Ukraina rasmiylariga koʻra, 6-oktyabrga oʻtar kechasi Rossiya mamlakat boʻylab 500 ga yaqin dron va 50 dan ortiq raketa uchirgan. Hujumlar natijasida kamida 5 kishi halok boʻlib, oʻnlab odamlar yaralangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring