Toshkent metropolitenida chaqaloq dunyoga keldi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Bugun, 6-oktyabr kuni Toshkent metropolitenining Gʻafur Gʻulom bekatida chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bekat oʻtish yoʻlagidagi ichki ishlar xodimi tomonidan poyezdlarni kutib olish va joʻnatish boʻyicha navbatchi xodima — Maxamadjonova Naimaga yoʻlovchi ayolning holati boʻyicha xabar berilgan.
Vaziyatni toʻgʻri baholagan xodima xizmat davomida oʻziga oʻrgatilgan maxsus bilimlar va koʻnikmalarni ishga solgan holda birinchi yordam koʻrsatib, voqea joyida ayolga farzandini sogʻ-omon dunyoga keltirishiga hamda chaqaloq sogʻligi uchun kerakli yordamlarni (kindik qismi bogʻlanib, yangi tugʻilgan chaqaloq nafas olish refleksini faollashtirgan) koʻrsatgan.
Bu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirildi. Tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar (taxmiman 10 daqiqa) xodimlar tomonidan ona va chaqaloq holatini nazorat ostida ushlab, ularning xavfsizligini taʼminlagan.
Hozirda ona va chaqaloqning sogʻligi yaxshi, ular shifoxonaga yetkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring