Oʻzbekiston — Afgʻoniston ishbilarmonlari biznes-forumi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning 8–12-aprel kunlari Termiz xalqaro savdo markazida “Made in Uzbekistan” biznes-forumi va mahsulotlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, tadbirda respublikamizning turli hududlaridan 200 nafardan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi, Afgʻonistondan 30 dan ziyod tadbirkor oʻzlarining eksportbop mahsulotlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Forumning asosiy maqsadi Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmonlarni qoʻllab-quvvatlash, mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarish va eksport salohiyatini oshirishdan iborat. Ushbu tadbir doirasida ikki davlat tadbirkorlarining muloqotini yanada kuchaytirishga qaratilgan “B2B” uchrashuvlari tashkil etiladi.
Forum ishbilarmonlarning ikki tomonlama biznes hamkorligini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi, eksportyorlarimiz uchun jahon bozoriga eshik ochib beradigan platforma boʻlib xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring