Oʻzbekiston 11 oyda qariyb 62 ming tonna xurmo eksport qilgan

17:01 22 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
889 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 27,6 mln. AQSH dollariga teng qariyb 62 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Xurmo eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 27,2 ming tonnaga kamaygan.

11 oy mobaynida Oʻzbekiston eng koʻp xurmo eksport qilgan davlatlar:

— Qozogʻiston – 31,2 ming tonna;

— Rossiya – 25,5 ming tonna;

— Turkmaniston – 2,1 ming tonna;

— Qirgʻiz R. – 1,5 ming tonna;

— Ukraina – 795 tonna;

— Belarus – 546 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер