Oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiri Azim Suyunning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi

Foto: Jaloliddin Rajabov/“Xalq soʻzi”
Joriy yilning 20-iyun kuni, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiri Azim Suyunning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbir yurtimizning turli burchaklaridan tashrif buyurgan ijodkorlar, adabiyotshunoslar, yosh shoirlar hamda kitobsevarlar uchun haqiqiy adabiy bayramga aylandi.
Taqdimot marosimini Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Sirojiddin Sayid ochib berdi. U oʻz nutqida Azim Suyunning oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan beqiyos hissasi haqida toʻxtaldi.
Taqdimot doirasida yana bir muhim adabiy voqea – adabiyotshunos olim Qozoqboy Yoʻldoshning “Azim Suyun shaxsiyati va ijodiy qiyofasiga chizgilar” nomli kitobi ham jamoatchilik eʼtiboriga havola etildi. Ushbu asarda Azim Suyunning ijodiy izlanishlari, tarixiy-madaniy ongimizdagi oʻrni keng yoritilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirning yana bir yorqin jihati – Fotograf Ahmad Toʻra tomonidan tashkil etilgan “Koʻngil kengliklari boʻylab” nomli fotokoʻrgazmasi boʻldi. Bu koʻrgazmada Azim Suyunning oddiy hayotiy lahzalari, doʻstlari davrasidagi tabassumi, sahnadagi ilhomli daqiqalari aks etgan. Koʻrgazma taqdimot marosimiga tashrif buyurgan mehmonlarda iliq taassurotlar qoldirdi.
Azim Suyun – koʻp tillarda oʻqilgan, koʻp yuraklarda yashaydigan shoir. Uning sheʼrlari turk, ingliz, arab, rus, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq hamda tuva tillarida chop etilgan. Shoirning “Sarbadorlar” tragediyasi, “Zamin taqdiri”, “Oʻzbekiston”, “Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha va yoki imorat” kabi dostonlari adabiyot shaydolari orasida juda mashhur. Azim Suyun – faqat shoir emas, balki dramaturg, publitsist sifatida ham xalqimizning qalbida oʻchmas iz qoldirgan.
Otabek Saidahmadov,
Jaloliddin Rajabov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring