Oʻzaro hamkorlikda Rossiyada uchta koʻrgazma oʻtkaziladi

18:47 30 Mart 2022 Madaniyat
1671 0

Foto: Madaniy meros agentligi

Rossiyada Tretyakov davlat galereyasi Nukusdagi Igor Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi 2024-yilgacha uchta koʻrgazma oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Xususan, 2023-yil mart oyida avangard yoʻnalishida ijod qiluvchi Aleksey Morgunov ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma boʻlib oʻtadi. 2024-yilda esa rassom Solomon Nikritinning ekspozitsiyasi va “Sharqqa yoʻl” loyihasi rejalashtirilgan. 20-asrning birinchi yarmida rus rassomlarning Turkistonga ommaviy ijodiy ziyorati fenomeniga bagʻishlanadi.

Igor Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi 1966-yilda Nukus shahrida tashkil etilgan. Muassasada rus avangardining taʼsirchan asarlar toʻplami — 44 mingdan ziyod eksponatlar saqlanmoqda.

Shuningdek, Tretyakov galereyasi Oʻzbekiston muzeyidan rus avangard toʻplamini raqamlashtiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?