Ozarbayjon Notarial palatasi hamda Adliya vazirligi delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston Notarial palatasining taklifiga binoan 29-avgust kuni Ozarbayjon Notarial palatasi hamda Adliya vazirligi delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.
- Tashrifdan maqsad, Oʻzbekiston Notarial palatasi bilan oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolash orqali oʻzaro tajriba almashish, lotin notariati rivojiga oʻz hissamizni qoʻshishdan iborat, - dedi delegatsiya rahbari, Ozarbayjon Notarial palatasi raisi Guseyn Mamedov.
Ozarbayjonlik mehmonlar dastlab Samarqand shahrida boʻlib, ziyoratgoh joylarni tomosha qildilar hamda Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning faoliyatlari bilan tanishdilar.
Tashrifning ikkinchi kuni mehmonlar Toshkent shahrida joylashgan xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar – Sanam Azimova hamda Olga Li ning notarial idoralarida boʻlib, notariuslarning aholiga huquqiy xizmat koʻrsatishda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanishlari bilan qiziqdilar, bu tajribani amaliyotda koʻrdilar.
Shundan soʻng Ozarbayjon delegatsiyasi Adliya vazirligida tashkil etilgan “Oʻzbekiston notariuslari faoliyatida axborot texnologiyalarini qoʻllash tajribasi va uni rivojlantirish” mavzusida prezentatsiyada qatnashdilar.
Aytish joizki, prezentatsiyadan keyingi muhokama va tajriba almashish jarayoni juda qiziq oʻtdi. Ozarbayjon adliya vazirligi masʼul xodimi Zaur Hasanov Oʻzbekistonda joriy etilgan “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi haqida prezentatsiya oʻzida katta taassurot qoldirganini taʼkidlab, Ozarbayjonda joriy qilingan mobil notariat ilovasi haqida soʻzlab berdi hamda undan foydalanishning oson va qulayligini amalda koʻrsatib berdi.
Tashrif Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasida oʻzaro hamkorlik memorandumini imzolash tadbiri bilan davom etdi.
Har ikkala palata rahbari uzoq olib borilgan muzokara va onlayn muloqotlardan soʻng, faoliyatni oʻzaro tajriba almashlash orqali rivojlantirish mumkin degan fikrga kelishganini taʼkidladilar.
- Ozarbayjon Notarial palatasi, xuddi Oʻzbekiston Notarial palatasi singari tashkil etilganiga koʻp boʻlmaganiga qaramasdan, xalqaro notariatda oʻz oʻrniga ega, progressiv rivojlanib borayotgan tashkilotlardan, - dedi Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov. – Oʻylaymanki, har ikkala tomonning bir-biridan oʻrganadigan jihatlari koʻp. Barcha saʼy-harakatlarimizning natijasi oʻlaroq aholimizga notarial xizmatlarni koʻrsatishni yuksak darajaga olib chiqish, sifatli xizmat koʻrsatish, fuqarolarning vaqtini tejash va sarsongarchiliklarning oldini olishdan iboratdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring