Osiyo Elita chempionlar ligasi. “Nasaf” ilk ochkosini qoʻlga kiritdi
Kecha, 9-yanvar kuni Osiyo Elita chempionlar ligasi musobaqasining 7-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda Qarshining “Nasaf” klubi Iroqning “Al-Shorta” jamoasi bilan kuch sinashdi. Qarshidagi stadion taʼmirlanayotgani bois uchrashuv Fargʻona shahridagi “Istiqlol” stadionida tashkil etildi.
Bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 8-daqiqada Murodbek Rahmatov tomonidan ochildi. 68-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Sharif Abdulhadim hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi.
Taʼkidlash kerakki, bu orqali “Nasaf” bu yil Elita chempionlar ligasidagi dastlabki ochkosini qoʻlga kiritdi. Jamoa bungacha tashkil etilgan 6 ta oʻyinning barchasida magʻlubiyatga uchragan edi.
Maʼlumot uchun, jamoa musobaqadagi soʻnggi oʻyinini “Sharja” klubiga qarshi oʻtkazadi. Ushbu bahs 16-fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring