Oʻsh shahrida Alisher Navoiy haykali tantanali ravishda ochildi
Qirgʻiz Respublikasining Oʻsh shahrida Qurmanjon Datka (Qurbonjon dodxoh) va Alisher Navoiy nomli koʻchalar chorrahasida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur maʼnaviy ahamiyatga ega tadbirda Qirgʻiziston Respublikasi hukumati vakillari bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Andijon viloyati hokimligi vakillari ham ishtirok etdilar.

Marosim davomida Alisher Navoiyning turkiy xalqlar maʼnaviyatiga qoʻshgan beqiyos hissasi, uning asarlari orqali doʻstlik, hamjihatlik va bagʻrikenglik gʻoyalari avloddan-avlodga oʻtib kelayotgani alohida taʼkidlandi. Shuningdek, soʻzga chiqqanlar ikki davlat rahbarlari olib borayotgan ochiq va doʻstona siyosat natijasida qardosh xalqlar oʻrtasidagi qoʻshnichilik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilayotganini qayd etdilar.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq, Oʻsh shahri meriga millatlararo doʻstlik va hamkorlikni mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun “Doʻstlik” ordeni tantanali ravishda topshirildi. Ushbu eʼtirof ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va ishonch ramzi sifatida qabul qilindi.

Shundan soʻng ikki mamlakat vakillari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik munosabatlarini yanada rivojlantirish, madaniyat, adabiyot, sanʼat va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolandi. Qayd etilganidek, ushbu kelishuvlar qardosh xalqlar oʻrtasidagi maʼnaviy yaqinlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yakunda ayni paytda Oʻsh shahrida oʻzbek teatri, madaniyat va istirohat bogʻi, shuningdek, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyat yuritayotgani, ular ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi. Millatlararo munosabatlar xalqlarimiz tinchligi va farovonligining mustahkam kafolati ekani yana bir bor eʼtirof etildi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring