Oqtoshda dengiz sathidan 1450 metr balandlikda 30 mlrd. soʻmlik majmua qurilmoqda
Boʻstonliq tumanining Oqtosh qishlogʻida umumiy qiymati 30 milliard soʻmni tashkil qiluvchi turistik majmua bunyod etilmoqda. Aholi uchun yilning toʻrt faslida ham dam olish imkoniyati mavjud boʻlgan ushbu oromgohda zamonaviy qulayliklar yaratilgan 330 oʻrinli 130 ta xona loyihalashtirilgan. Bu yerda 100 nafardan ziyod kishi ish bilan taʼminlanadi.
—Mehmonxonamiz dengiz sathidan 1450 metr balandlikda joylashgan, – deydi tadbirkor Saidazim Yunusxoʻjayev. – Tanlangan joy havosi moʻtadil va sof kislorod oqimi yoʻnalishida joylashganligi bilan ahamiyatlidir. Majmuamizda 250 kishiga moʻljallangan zamonaviy koʻrinishdagi majlislar zali ham mavjud. Bu yerda turli xil ishbilarmonlik tadbirlari, biznes kelishuvlar uyushtirish mumkin.
Viloyatda turizm infratuzilmasi, jumladan, oilaviy mehmon uylari tarmogʻini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar hududda sayyohlar oqimining oshishiga olib keladi,-dyiladi Toshkent viloyat hokimligi Axborot xizmati maʼlumotnomasida.
Shodiyor MUTAHAROV,
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring