Olimlar qanday mahsulot umrni uzaytirishini aniqlashdi
Niderlandiyalik olimlar uzoq umr ko‘rishni istaydiganlar uchun qanday oziq-ovqat mahsulotlarini tanovul qilish ma’qul ekanligini aniqlashdi.
Ushbu mamlakatdagi Groningen universiteti 21 oy davomida shu yo‘nalishda tadqiqot olib bordi. Bu haqida “The Times” nashri xabar berdi.
O‘tgan vaqt davomida mazkur oliy o‘quv yurti mutaxassislari butun Yevropa bo‘yicha 2,3 ming kishi tahlillarini tekshiruvdan o‘tkazdi. Ularning o‘rtacha yoshi 68da bo‘lib, tadqiqotlar davomida keksalarning bir qismi vafot etdi.
Natijalar hayratlanarli ko‘rinish oldi. 21 oy ichida kuniga kamida 40 grammdan oqsil iste’mol qiladigan odamlarda o‘lim xavfi 31 foizni, 70 yoshdan katta insonlarda esa buyrak ish faoliyati kuchsizlanish xuruji 46 foizni tashkil etgan.
Ayni chog‘da kuniga 70 grammdan ziyod oqsil qabul qiladiganlarda o‘lim xatari 18 foizgacha kamayar ekan.
Olimlarning fikricha, organizm yurak mushaklari to‘qimalarini tiklash uchun oqsil talab qiladi. Tana a’zolari o‘z funksiyasini bajarishga qiynaladigan qarilik paytida yurak to‘qimalarini tiklash uchun oqsil, ayniqsa, muhimdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring