Oʻqituvchilarga milliy sertifikatlarni olish uchun subsidiyalar ajratiladi
“2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–49-son, 05.02.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Mazkur qarorga koʻra, 2026-yil 1-martdan “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar xonadonlarining devor va tomlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor oʻrnatish ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
2026-yil 1-martdan ogʻir toifadagi tumanlarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratib boriladi. Shuningdek, 2026-yil 1-martdan xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi tuman va shahar hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
2026-yil 1-iyuldan 2028-yil 1-yanvarga qadar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kasbiy taʼlim sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan quyidagi turdagi subsidiyalar joriy etiladi:
- oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro miqyosda tan olingan kasbiy taʼlimga oid sertifikatlar, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat asosida milliy sertifikatlarni olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi, biroq BHMning 20 baravarigacha;
- malakani baholash markazlarini tashkil etgan tadbirkorlarga xarid qilingan baholash vositalari xarajatlarining 30 foizi, biroq BHMning 200 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring