OMON Jaloliddin Ahmadaliyevning konsertiga nega bostirib kirdi? (+video)
Rossiyaning Krasnoyarsk oʻlkasi Yemelyanovskiy tumanida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan reyd tashkil etildi. “Newslab” nashrining xabar berishicha, maxsus operatsiya “Korona” banket zalida boʻlib oʻtdi.
Ushbu joyda oʻzbekistonlik xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev konsert berayotgan paytda Ichki ishlar vazirligining viloyat bosh boshqarmasi, Federal xavfsizlik xizmati va Rossiya Milliy gvardiyasi maxsus boʻlinmalari xodimlari koʻngilochar maskanga bostirib kirgan.
Maʼlumotlarga koʻra, reyd davomida jami 620 nafar mehmon tekshiruvdan oʻtkazildi. Ular orasida 210 nafar xorijlik fuqaro ham bor edi. Tintuvning asosiy maqsadi Rossiyaga chet eldan kelgan fuqarolar va giyohvand moddalar savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan shaxslarni aniqlashdan iborat boʻlgan. Shunga qaramay, hech bir mehmondan taqiqlangan narsa yoki modda topilmadi.
Shu bilan birga, 26 nafar xorijlik politsiya boʻlimiga olib ketildi. Tekshiruvlar jarayonida ulardan sakkiz nafari Rossiya hududida noqonuniy ravishda boʻlgani aniqlandi. Qolganlariga nisbatan ham hujjatlar toʻliq oʻrganib chiqildi.
Reyd natijasida politsiya xodimlari tomonidan qonunbuzarlik holatlari rasmiylashtirildi. Jami 19 ta maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Ular chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Rossiyaga kirish yoki u yerda boʻlish, shuningdek, immigratsiya qoidalarini buzish bilan bogʻliq holatlardir.
Shuningdek, Rossiya Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi — chet el fuqarosini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni noqonuniy roʻyxatga olish bilan bogʻliq — boʻyicha uchta jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Xuquq-tartibot idoralari xodimlari tekshiruvlarni davom ettirayotgani maʼlum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring