Ombudsman Andijon IIBdagi voqeaga munosabat bildirdi

Joriy yilning 30-may kuni Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi 4-son ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro A.Abdukarimov jinoyat sodir etganlikda gumon qilinib ichki ishlar boʻlimiga olib kelingan va xodimlar tomonidan yetkazilgan tan jarohatlari natijasida 11-iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialida vafot etgan.
Voqea yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206, 234 va 235-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi 4-son ichki ishlar boʻlimining 3 nafar xodimi ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, ushlangan.
Mazkur holat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan hamda Vakilning alohida eʼtiborida. Aybdorlarga nisbatan qonuniy va adolatli hukm eʼlon qilinadi.
Afsuski, jamiyatimizda hali ham bunday illatlar uchramoqda. Joriy yilning 29-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) hamda Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan brifingda ham qiynoqlar boʻyicha murojaatlar asosan ichki ishlar organlari xodimlari ustidan boʻlayotganligini taʼkidlagan edik.
Qonunlarimizga muvofiq, barcha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, xususan, ichki ishlar organlari xodimlari, ayniqsa, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga, ularning shaʼni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga soʻzsiz rioya qilishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) marhumning oila aʼzolariga hamdardlik bildiradi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha
vakili (ombudsman)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring