Olmazor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi

11:21 02 Avgust 2021 Jamiyat
1190 0

Bugun Olmazor tumani hokimligida Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Umarxonov Azizxon Sharipxonovich nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etdi.

A.Umarxonov 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan.

2020-yildan shu kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Deputatlar reglamentga muvofiq Olmazor tuman hokimi lavozimiga A.Sh.Umarxonovning nomzodini bir ovozdan maʼqulladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер