Olis hududlarda istiqlol shukuhi
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Umummilliy birdamlik festivali” boʻlib oʻtdi.
Ushbu tadbir Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mahallalar uyushmasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi va boshqa bir qator masʼul tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi. Festival doirasida taniqli olimlar, ziyolilar hamda sanʼat namoyandalari Mirishkor, Kasbi, Koson, Qarshi tumanlari hamda Qarshi shahrida aholi bilan maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar oʻtkazishdi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar xonadonlariga borib, ularni bayram bilan qutlashdi. Sanʼatkorlar ishtirokidagi chiqishlar barchaga birdek zavqu shavq ulashdi.
— Festival doirasida 70 ta mahallada turli tadbirlar oʻtkazildi, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari, senator Komila Karamova. — Ayniqsa, “Inson qadri” loyihasi davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam koʻrsatilgani, “Kitob marafoni” doirasida Mirishkor tumani axborot-kutubxona markazi hamda yoshlarga 400 dan ortiq badiiy adabiyotlar tarqatilgani eʼtiborga loyiq. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida oʻtkazilgan gala-konsert ham aholini bir maqsad yoʻlida jamlashda ahamiyatli boʻldi.
Jahongir BOYMURODOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring