Oliy Majlis Senatida Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Federativ tuzilma, mintaqaviy siyosat, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish va Shimol ishlari qoʻmitasi raisi Andrey Shevchenko bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik izchil mustahkamlanib borayotgani, ayniqsa, ikki davlat Prezidentlari oʻrtasidagi muntazam muloqot hamkorlikning barcha yoʻnalishlarida surʼatni oshirayotgani taʼkidlandi.
Shuningdek, mintaqalararo aloqalarning faollashuvi ikki tomonlama munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitayotgani alohida qayd etildi.
Uchrashuvda ikki davlatning samarali parlamentlararo muloqotning hozirgi darajasi yuksak baholandi. Jumladan, joriy yilda Qozon shahrida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha komissiyaning oʻninchi majlisi oʻtkazilib, taʼlim, raqamlashtirish, mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, turizm, aviaqatnovlar va yoshlar siyosati boʻyicha muhim kelishuvlarga erishilgani eʼtirof etildi.
Ikki davlat oʻrtasida madaniy-gumanitar aloqalar ham tobora rivojlanib bormoqda. 2024 yilda Moskvada oʻtkazilgan “Oʻzbekiston madaniyati kunlari”, Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 80 yilligi munosabati bilan Oʻzbekistonda amalga oshirilgan keng koʻlamli tadbirlar hamda turizm sohasidagi ijobiy dinamika buni yaqqol tasdiqlashi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi strategik sheriklik va parlamentlararo muloqotni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring