Gruziyada 2015-yildan keyin tugʻilgan shaxslarga tamaki mahsulotlarini umrbod sotib olishni taqiqlash taklif etildi

10:26 27 Yanvar 2026 Dunyo
84 0

Tamakini nazorat qilish alyansi Gruziyada 2015-yildan keyin tugʻilgan shaxslar uchun tamaki mahsulotlarini sotib olishga umrbod taqiq joriy etishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik Gruziya xabar bermoqda.

Bundan tashqari, tamaki mahsulotlarini xarid qilish uchun belgilangan minimal yoshni 18 yoshdan 21 yoshga oshirish, shuningdek, yopiq binolarda chekish uchun jarimalar miqdorini koʻpaytirish taklif etilmoqda. Qayd etilishicha, Gruziya aholisining 75 foizi ushbu chora-tadbirlarni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Tashkilot maʼlum qilishicha, soʻnggi oʻn yil ichida mamlakatda tamaki isteʼmoli 33 foizdan 24 foizgacha pasaygan, ammo bu koʻrsatkich hali ham oʻrtacha Yevropa darajasidan ancha yuqori.

“Bu qadam erta oʻlim bilan bogʻliq katta moliyaviy va demografik yukni kamaytirish uchun hayotiy ahamiyatga ega. Tamakining keltiradigan zarari sohaning davlat byudjetiga toʻlaydigan soliqlaridan 10 barobar yuqori”, — deya taʼkidladi Tamakini nazorat qilish alyansi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?