Yevropa Ittifoqi 2027-yilga qadar Rossiya gazidan toʻliq voz kechishni maʼqulladi
Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar vazirlari Rossiya gazi importidan voz kechish rejasini maʼqulladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Rejaga koʻra, Yevropa Ittifoqi 2027-yil 1-yanvarga qadar Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) importini, 2027-yil 30-sentyabrga qadar esa quvurlar orqali yetkazib beriladigan gaz importni toʻxtatadi.
Quvur orqali gaz importiga qoʻyiladigan taqiqning kuchga kirish muddati uzaytirilishi mumkin, biroq u 2027-yil 1-noyabrdan oshmasligi kerak.
Reutersʼning yozishicha, reja barcha YI davlatlarining yakdil roziligini talab qilmaydigan tarzda ishlab chiqilgan. Unga qarshi Vengriya va Slovakiya vakillari ovoz bergan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring