Oliy Majlis Senatida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 34 yilligi munosabati bilan Senatda seminar oʻtkazildi.
Seminarni Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Q.Burxanov ochar ekan, Prezident Sh. Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlar hamda dinlararo doʻstlik va ahillikni yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar salohiyatini oshirish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha belgilab bergan vazifalarga eʼtibor qaratdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli Qurolli Kuchlar davlat mustaqilligi, chegaralarning daxlsizligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashning chinakam kafolatiga aylanib borayotganini taʼkidlab oʻtdi.
Harbiy xizmatchilarning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligi uzluksiz oshib bormoqda. Milliy armiyamiz yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda mardlik va shon-sharaf maktabiga aylanmoqda. Eng muhimi, xalq bilan armiya yaqin boʻlayotgani harbiy soha rivojiga yangicha kuch va sifat bagʻishlamoqda.
Senatorlar milliy armiyamizning yurtimiz tinchligi, mustaqilligi va xavfsizligini taʼminlashdagi oʻrni hamda zamonaviy xavf-xatarlar sharoitida oliy qonun chiqaruvchi organning yaratilgan huquqiy asoslarni takomillashtirish borasidagi masʼuliyatini ham alohida qayd etdi.
Shuningdek, halok boʻlgan harbiy xizmatchilar xotirasiga, Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi kurashishda ishtirok etgan vatandoshlarimizning oʻlmas jasoratiga chuqur hurmat-ehtirom izhor etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring