Ohangaronda 1,6 mlrd soʻmlik gazdan oʻgʻrincha foydalanildi
Videodan kadr
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida 1,6 milliard soʻmlik tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, hududlarda maxsus ishchi guruhlar tashkil etilib, isteʼmolchilarda gazdan foydalanish holatini xatlovdan oʻtkazish, qonunbuzilish holatlarini aniqlash va ularni oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari ishtirokida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida oʻtkazilgan.
Unda aniqlanishicha, tumanning “Gʻalla quduq” MFY Quruvchilar koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro G. S. yashash xonadoniga tutash binoda goʻsht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sex tashkil etib, tegishli shartnoma va loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib olgan boʻlgan.
Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 603 million soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Shuningdek, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
“Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda”, deyiladi rasmiy xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring