Ogʻusiz dunyo sari
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadiga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Navbatdagi tezkor tadbir davomida Fargʻona shahrida yashovchi ikki nafar fuqaro 1 kg. miqdordagi “Gashish” giyohvand moddasi bilan qoʻlga olindi.
— Dastlabki maʼlumotlarda aniqlanishicha, ular ushbu moddani 4,5 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlishgan, — deydi viloyat IIB xodimi, kapitan Sherzordbek Nuriddinov. — Gumonlanuvchilar ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi va ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu kabi tadbirlar viloyatning boshqa hududlarida ham davom etyapti. Xususan, Boʻston tumanida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, undagi yoʻlovchi yonida 27 gramm miqdordagi “Gashish” giyohvand moddasi mavjudligi aniqlandi. Xoʻsh, fuqaro ushbu moddani nima maqsadda olib ketmoqda edi? Tez orada shu singari savollarga oydinlik kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring